Published February 13, 2025 | Version v1
Publication Open

TALABALARNI MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHDA MULTIMEDIANING AHAMIYATI

Description

Mazkur maqolada talabalarni mustaqil ishini tashkil etishda multimedia vositalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Multimedia texnologiyalari zamonaviy ta'lim jarayonida bilim olishni optimallashtirish, talabalarning qiziqishini oshirish va ularning ijodiy hamda tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim omil sifatida taqdim etiladi.

Maqolada multimedia vositalarining turlari, ularning ta'lim jarayonidagi afzalliklari, talabalarning mustaqil ishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishdagi roli va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashdagi qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, interaktiv darsliklar, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar va masofaviy ta'lim platformalarining amaliyotdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, multimedia vositalaridan foydalanish ta'lim jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilishda talabalarga keng imkoniyatlar yaratib, ularni zamonaviy texnologiyalarga moslashish va o‘z bilimlarini mustaqil ravishda rivojlantirishga undaydi. Ushbu maqola pedagoglar va ta'lim tashkilotchilari uchun multimedia texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar beradi.

Kalit so’zlar: Talabalarni mustaqil ishlash, multimedia texnologiyalari, ta'lim jarayoni, interaktiv materiallar, masofaviy ta'lim, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, o‘quv motivatsiyasi, ijodiy qobiliyatlar, tahliliy yondashuv, innovatsion ta'lim metodlari, o‘quv samaradorligi, ta'lim vositalari.

Files

34-49.pdf

Files (730.6 kB)

Name Size Download all
md5:c5a4a4486a1a3a40ef9b3dbfddd1fbcc
730.6 kB Preview Download