Published May 5, 2025 | Version v1
Publication Open

O'SMIRLIK DAVRINING O'ZIGA XOS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARDAGI QO'RQUV HOLATLARINING KELIB CHIQISH SABABLARINI BARTARAF QILISH

Description

Mazkur maqolada o‘smirlik davrining psixologik jihatdan murakkab va mas’uliyatli bosqich ekani, bu davrda shaxsiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda turli ijtimoiy-psixologik muammolar, xususan, ijtimoiy qo‘rquv holatlarining yuzaga kelishi haqida atroflicha so‘z yuritilgan. Maqolada ijtimoiy qo‘rquvning kelib chiqish sabablari, ularning o‘smirning psixologik holatiga, shaxsiy rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, bu muammoning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar, ayniqsa, maktab psixologlari hamda ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni va mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘smirlar bilan individual va guruhiy suhbatlar, psixologik treninglar, emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hamda sog‘lom oilaviy muhit yaratish orqali ijtimoiy qo‘rquv holatlarini kamaytirish mumkinligi qayd etilgan.

Kalit so’zlar: O’smirlik davri, inqiroz, ota-ona, maktab, o’qituvchi, qo’rquvlar, muammo, psixik buzilishlar, yechim.

Files

26-29.pdf

Files (431.6 kB)

Name Size Download all
md5:45d24ae9b1102e7bdb1da4669d1fd4fa
431.6 kB Preview Download