RAQAMLI EXTENSIVE READING DASTURLARI ORQALI MAKTAB O'QUVCHILARINING (8-9 SINFLAR) O'QISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Description
Ushbu maqolada raqamli Extensive Reading (DER) dasturlari orqali 8-9 sinf o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘qish ko‘nikmalari, ayniqsa, ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning akademik muvaffaqiyatlariga va til ko‘nikmalarining rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan, o‘qish jarayonini qiziqarli va interaktiv qilish uchun raqamli materiallar va dasturlarni qo‘llash zarurati yuzaga keldi. Ushbu tadqiqotda, raqamli Extensive Reading dasturlari yordamida o‘quvchilarning o‘qish tezligini, tushunish darajasini va yangi so‘zlarni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish mumkinligi batafsil tahlil qilinadi. O‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘qish jarayonini zamonaviylashtirish va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun muhim amaliy yo‘riqnomalar sifatida xizmat qiladi.
Files
76-84.pdf
Files
(484.4 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:cf009f6f0a6dcc48aea5c9d3a49640e5
|
484.4 kB | Preview Download |