XUFYONA IQTISODIYOT
Description
Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiyiqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar XX asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
Kalit so’zlar: Yashirin iqtisodiyot, taqiqlangan, bozor iqtisodiyoti, taraqqiyot, xufyona iqtisodiyot
Files
128-133.pdf
Files
(904.0 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:0a0007d06508dac66260cb8a3ef8e053
|
904.0 kB | Preview Download |