Published May 6, 2025 | Version v1
Publication Open

CHET EL YURIDIK SHAXSLARINING XALQARO XUSUSIYATLARI (GAGA KONVENSIYASI)

Description

Ushbu maqolada yuridik shaxslarning xalqaro miqyosdagi huquqiy maqomi, ayniqsa, chet elda tashkil etilgan kompaniya va tashkilotlarning boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi muammosi yoritilgan. Asosiy e’tibor 1956-yil 1-iyun kuni Gaa shahrida imzolangan “Chet el yuridik shaxslarining huquqiy maqomini tan olish to‘g‘risidagi Konvensiya”ga qaratilgan. Konvensiyada yuridik shaxs qayerda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u yerning qonunchiligiga asoslangan “inkorporatsiya” tamoyili asos qilib olingan. Garchi Konvensiya kuchga kirmagan bo‘lsa-da, uning tamoyillari xalqaro huquq amaliyotida qo‘llanmoqda. Maqolada turli davlatlarning (Germaniya, Angliya, Kanada, Braziliya, Hindiston, Singapur va boshqalar) bu boradagi yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va transmilliy kompaniyalar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishda Konvensiyaning dolzarbligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: yuridik shaxs, xalqaro huquq, Gaaga Konvensiyasi, inkorporatsiya tamoyili, huquqiy maqom, xorijiy investitsiyalar, transmilliy kompaniyalar, xalqaro shartnomalar, huquqiy tan olish, davlatlararo hamkorlik, UNCITRAL, virtual kompaniyalar, huquqiy uyg‘unlik, milliy qonunchilik, yuridik shaxs erkinligi.

Files

39-44.pdf

Files (908.7 kB)

Name Size Download all
md5:3b56c9d23775a65a09321df06fb2c1ad
908.7 kB Preview Download