Published June 17, 2025 | Version v1
Publication Open

RANG KOMPONENTLI IBORALARNING TARJIMADA MADANIY MOSLIGI: INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MATERIALLARI ASOSIDA

Description

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi rang komponentli frazeologik birliklarning tarjimada madaniy mosligi masalasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Frazeologizmlar milliy madaniyat, urf-odatlar, mentalitet va tarixiy tafakkur mahsuli bo‘lib, ularning tarjimasida faqat semantik ekvivalentni emas, balki madaniy konnotatsiyalarni ham hisobga olish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, rang nomlarini o‘z ichiga olgan iboralar har ikki tilda har xil assotsiatsiyalarni yuzaga keltiradi va bu jihat tarjima jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillaridan olingan rang komponentli frazeologik birliklar o‘zaro qiyosiy-lingvokulturologik tahlil qilinib, ularning tarjima variantlari, madaniy ekvivalentlik darajasi hamda tarjima strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada madaniy tafovutlar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ilmiy asoslangan xulosalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari tarjimonlar, lingvistlar hamda til o‘rgatish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar: rang komponentli frazeologizmlar, tarjima, madaniy moslik, lingvokulturologik tahlil, semantik ekvivalentlik, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologik birliklar, tarjima strategiyalari, madaniy tafovutlar.

Files

140-145.pdf

Files (995.7 kB)

Name Size Download all
md5:3e6676934f64a08d1510467ede22ad00
995.7 kB Preview Download