IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABALAR O'QUV MOTIVIGA TA'SIRINING IJTIMOIY - PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Description
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning o’quv faoliyatiga, o’quv motiviga ta’siri oliy ta’lim talabalari misolida nazariy va emperik tadqiqotlar yordamida ko‘rib chiqiladi. XXI asrda zamonaviy ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy tarmoqlar ishning muqobil shakllarini amalga oshirishning innovatsion vositasi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash talabalarga yangi raqamli kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi. Ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim tahlili imkoniyatlar va xavflarning mavjudligini aniqladi. Ta’limni ijtimoiy tarmoqlarga integratsiyalashning asosiy ustuvor yo‘nalishlari - talabalar bilan muloqot (muhokama guruhlarini yaratish, o‘quv materiallarini almashish, hamkorlik va tajriba almashish, qo‘shma loyihalar; ta’lim resurslaridan foydalanish (onlayn kurslar va vebinarlar, ta’lim guruhlari va hamjamiyatlari), shaxsiy brend yaratish, o‘z yutuqlarini taqdim etish (portfolio), netvorking va kasbiy aloqalar sifatida namoyon bo’lmoqda. Shuningdek, ta’limda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning xavflari: kamsitish va kiberhujum, ma’lumotlarni obro‘sizlantirish, internetda o‘tirish (o‘qishdan chalg‘itish) ko‘rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim, pedagogik jarayon, ta’lim resurslari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ish shakli, o’quv motivi, motivatsiya
Files
156-167.pdf
Files
(957.5 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:ff9592847baaa1e0ea348c3ee50f50f8
|
957.5 kB | Preview Download |