BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING OʻSIMLIKLAR OLAMIDAN OLINADIGAN MA'LUMOTLARNI IDROK QILISH IMKONIYATLARI
Description
Maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tabiiy fanlarni oʻqitish davrida bolalarning tasavvurlari va “ijodiy fikrlash” koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarni oʻrganilgan. Buning uchun oʻsimliklarning xilma-xilligiga aloqador mavzular qaralgan. Bu mavzu bir tomondan oʻquvchilarga juda tanish boʻlsa, ikkinchi tomondan ularga tabiatni sevish va uni muhofaza qilishni oʻrgatadi. Yonlaridagi jonli tabiat bilan hamjihatlikda yashash va ularning hayot uchun muhimligini anglashga, tabiat goʻzalligidan zavqlanishga oʻrgatadi. Oʻsimliklarning rivojlanishi, inson uchun foydali tomonlarini, ularni asrash muhimligini anglatadi. Oʻsimliklarni oʻrganish oʻquvchilarga tasavvurlarini va demak “ijodiy fikrlash” koʻnikmalarining rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan verbal ma’lumotlarni vizuallashtirishning va idrok qilishning sermahsul vositasi “Intellekt xarita” (Mind Map) lardan foydalanish oʻquvchilar tasavvurlarining rivojlanishiga va ijodiy fikrlash usullarini oʻzlashtirishlariga yordam berishi isbotlangan. Jumladan, “Sezgi kanallari” intellect xaritasi keltirilgan.
Kalit soʻzlar. Tabiiy fanlar, oʻquvchi, fotosintez, tasavvur, ijodiy fikrlash, mantiqiy fikrlash, idrok, koʻrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, tuyish, intellect xarita, motivatsiya.
Files
118-125.pdf
Files
(986.6 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:69fde903fa1d108058a403a43b241177
|
986.6 kB | Preview Download |