O'ZBEKCHA SHE'R YOZGAN MO'G'UL XONLARI TARIXI (Yunusxon va uning zurriyodi ijodi misolida)
Description
Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning shogirdlaridan biri (Bobur Mirzoning ona tomondan bobosi) mo‘g‘ul xoni Yunusxon (1415-1487) o‘zbekcha she’rlar yozgan. Yunusxon Chingizxonning o‘g‘li Chig‘atoy naslidandir. Uvaysxonning o‘limidan so‘ng mo‘g‘ul ulusi ikkiga bo‘linadi. Bir bo‘lagi Yunusxon tomon va ko‘prog‘i Esan Bo‘g‘axon tomon bo‘ladi. Ulug‘bek Mirzo burunroq Yunusxonning egachisini Abdulaziz mirzoga olib bergan edi. Shu munosabat bilan Borin tuman beklaridan Erzan, Charos tuman beklaridan Mirak turkman Yunusxonni uch-to‘rt ming uyli mo‘g‘ul ulusi bilan Ulug‘bek Mirzo qoshiga keltiradilar. Maqsadlari ko‘mak olib, yana mo‘g‘ul ulusini egallash edi; Mirzo muruvvat qilmadi, ba’zisini asir qildi: ba’zilarini birin-sirin viloyatlarga tarqatdi.
Files
127-142.pdf
Files
(1.2 MB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:1a3eac7f2c70bc524bf6a970962da6d7
|
1.2 MB | Preview Download |