Published September 27, 2024 | Version v1
Publication Open

VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Description

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy tamoyillaridan biri oʻz mamlakati tarixi va madaniyatiga hurmat tuygʻusini singdirishdir. Jismoniy faollik doirasida bunga milliy ramzlar elementlaridan iborat sport tadbirlarini tashkil etish, an’anaviy milliy sport turlaridan foydalanish mumkin. Yana bir muhim jihat – oʻz Vatani, uning kelajagi uchun mas’uliyat hissini shakllantirishdir. Jismoniy faoliyat doirasida bunga atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻliq va xavfsizlik bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, muhtoj fuqarolarga yordam berish bilan bogʻliq koʻngillilar dasturlarida ishtirok etish orqali erishish mumkin. Vaholanki, yuqori sinf oʻquvchilarini jismoniy tarbiya jarayonida  vatanparvarlik tuyyg’usini samarali qaror toptirish uchun oʻqituvchi va murabbiylar tomonidan tizimli va keng qamrovli ish olib borish zarur. Bunda har bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish, uning shaxsiy fazilatlarini, jumladan, yetakchilik va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularda Vatan, milliy gʻurur haqidagi ijobiy tasavvurini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Files

10-12.pdf

Files (770.5 kB)

Name Size Download all
md5:9c3a3b185a4f5e81b1da7bd841976673
770.5 kB Preview Download