Published October 13, 2024 | Version v1
Publication Open

O'ZBEKISTONDA QADRIYATLARNING O'ZGARIB BORISH SHAROITIDA YOSH OILALARNING MUSTAHKAMLIGINI TA'MINLASH KELAJAGI

Description

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatida dunyoga namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyoda demografik kapitalning ahamiyati tobora oshib borayotgan globallashuv davrida aholi tarkibidagi yoshlarning ulushi ko‘pchilikni tashkil etishi mazkur mamlakatning yaqin kelajakdagi potensial istiqbolidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 36 million nafardan ortiq umumiy aholimizning 19,2 million nafari yoki 53 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi[1]. Bu ko‘rsatkich mamlakatning asosiy resursi hisoblanuvchi inson kapitalining istiqboliga ishora qiladi. Chunki aynan yoshlar bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti, ertangi kelajagi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rnini belgilab beruvchi omil, mamlakatning bebaho boyligi hamda asosiy resursi hisoblanadi.

Files

132-136.pdf

Files (987.5 kB)

Name Size Download all
md5:440df755e1a1715a7ae06e0f125bafcd
987.5 kB Preview Download