O‘ZBEKISTONDA CHUCHUK SUVGA EHTIYOJ OSHMOQDAMI?
Abstract
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning suv resurslariga boy mamlakatlaridan biri bo‘lib, chuchuk suv resurslari uning iqtisodiyoti, ayniqsa qishloq xo‘jaligi va aholining turmush darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Asosiy suv manbalari Amu Daryo va Sirdaryo daryolari bo‘lib, ular mamlakat suv ta’minotining taxminan 80% ini tashkil qiladi. Yer osti suvlari ham muhim rol o‘ynaydi, lekin ularning hajmi cheklangan. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, ifloslanish va transchegaraviy suv taqsimoti masalalari chuchuk suv resurslariga jiddiy tahdid solmoqda. Orol dengizi inqirozi, qurg‘oqchilik va suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi bu muammolarni yanada kuchaytirdi. O‘zbekiston hukumati ushbu muammolarni hal qilish uchun bir qator islohotlar va dasturlarni amalga oshirdi, ammo muammolar hali ham to‘liq bartaraf etilmagan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (2024).
2. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi (2023).