YOSHLIK MIS-PORFIR KONINI QАZIB OLISH JАRАYONIDА MUHАNDISLIK-GEOLOGIK SHАROITLАRINING O‘ZGАRISHI TO‘G‘RISIDА

Authors

  • Isomatov Yusuf Pulatovich - dotsent, Аxmedov Muxammadjaxongir Kidirbaevich - katta o‘qituvchi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Abstract

Maqolada mis-porfirli Yoshlik konning geologik-tektonik tuzilishi, tog‘ jinslarining muhandis-geologik xususiyatlarining tahlili natijalariga asoslanib, hamda qazib olish tugatilgan Qo‘rg‘oshin hamda qazish jaroyoni oxirlab borayotgan Qolmaqir va Sariq-cho‘qqi konlaridagi mavjud o’xshash tog‘ jinslari massivlarining deformatsiyalanishiga o‘xshash bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Konni qazib olish jarayonida karyer maydonining kengayishi, chuqurligining ortishi va suvlangan tektonik yoriqlarning ochilishi bilan bog‘liq holda qazilma pog‘onalarining mustahkamligi zaiflashishi ko‘rinishdagi va hajmdagi deformatsiyalar, boshqa kon-geologik jarayonlar va hodisalarni rivojlanishi mumkinligini asoslab berilgan.

 

Downloads

Published

2025-05-12