JISMONIY MADANIYAT SOHASIDA GEYMIFIKATSIYA ELEMENTLARINING QO‘LLANILISHI

Authors

  • Hafizova Sevinch Nuriddin qizi Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Begimqulov Oltiboy Jo’rayevich TISU, Jismoniy madaniyat kafedrasi Professori

Abstract

Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarning qo‘llanilishi, ayniqsa, raqamli vositalar va axborot texnologiyalari asosida ta’limni tashkil etish juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jismoniy madaniyat sohasida esa o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mashg‘ulotlarga qiziqishni oshirish va ularda barqaror motivatsiya shakllantirish asosiy vazifalardan biridir. Ana shunday sharoitda geymifikatsiya – ya’ni o‘yin elementlari va mexanikalarini ta’lim jarayoniga moslashtirish orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish – yuqori samara berishini ko‘rsatmoqda. Ushbu yondashuv jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini interaktiv, rag‘batlantiruvchi va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish imkonini beradi. Geymifikatsiya o‘quvchilar va talabalarda musobaqalashuv hissini uyg‘otadi, mashqlarni ijobiy hissiyotlar bilan ado etishga yordam beradi hamda harakat faolligini oshiradi. Shu sababli, jismoniy madaniyat sohasida geymifikatsiya elementlaridan maqsadli va ilmiy asosda foydalanish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi.

References

Madaminov M. P. Professional sportchilarning mashg‘ulot jarayonida gamifikatsiya metodlarini qo ‘llash samaradorligi //Inter education & global study. – 2025. – №. 3. – С. 67-74.

Downloads

Published

2025-08-03