YURIDIK SOHADAGI SUN’IY INTELLEKT NING QAROR QABUL QILISH JARAYONI; SHAFFOFLIK MASALALAR

Authors

  • Baxtiyorova Gulrux A’zam qizi Toshkent davlat yuridik uinversiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs B-patok 1-guruh talabasi

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yuridik sohalarda, xususan sud tizimida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va yuzaga keladigan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellektning tarafkashlik, shaffoflik yetishmasligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi kabi asosiy muammolari yoritilib, ularning xalqaro tajribadagi huquqiy tartibga solinishi o‘rganilgan. Yevropa Ittifoqining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonuni (AI Act), BMT Bosh Assambleyasining 2024-yilgi rezolyutsiyasi hamda Yevropa Kengashining “Sud tizimlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy xartiyasi” asosida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston qonunchiligida sun’iy intellektdan foydalanish borasida mavjud bo‘shliqlar, javobgarlik masalalari hamda inson huquqlari va texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada sun’iy intellektni sud jarayonlariga faqat yordamchi vosita sifatida tatbiq etish, inson omilining ustuvorligini saqlash va huquqiy kafolatlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoni – “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ–4996-son Qarori – “Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi PQ–5117-son Qarori – “Sud-huquq tizimida raqamlashtirish va elektron sud ish yuritishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

4. Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonuni (yangi tahriri),29.08.2001 yildagi OʻRQ-257-II-son. // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

5. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonuni (yangi tahriri), 2022 yil 8-avgust, OʻRQ-788-son. // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

6. Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma'lumotlar toʻgʻrisida” gi Qonuni. –2019 yil 2-iyul, OʻRQ-547-son // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, www.lex.uz.

Downloads

Published

2025-10-27