O'ZBEKISTON SUD TIZMIDA ELEKTRON HUJJATLAR AYLANISHI
Abstract
Ushbu tadqiqot O’zbekiston Respublikasi sud tizmida elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy qilish jarayonining huquqiy, tashkiliy hamda axborot-texnologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Maqolada sud faoliyatini raqamlashtirish siyosatining mazmun-mohiyati, sudlarda elektron ish yuritish jarayonining afzalliklar, shuningdek amaliyotda uchrayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari keng yoritilgan. Asosiy e’tibor E-SUD axborot tizimining ishlash mexanizmi, elektron raqamli imzodan foydalanish tartibi va sud organlari o’rtasida hujjatlarning raqamli shaklda almashinuvi jarayonlariga qaratilgan. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida tizimli yondashuv, taqqoslama-huquqiy tahlil, emperik kuzatuv va statistik tahlil uslublari qo’llanilgan. Tadqiqot doirasida olimlarning fikrlari va tajribalari o’rganilgan. Natijalar, O’zbekiston sud tizimida elektron hujjatlar aylanishi usuli qo’llanilishi samaradorligini sezilarli darajada oshishini, xizmat sifatini yaxshilashini va xarajatlarni qisqartirilishini ko’rsatmoqda va elektron hujjatlar aylanishi tizimi sud jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, inson omilini kamaytirish va elektron hujjatlar aylanish tizimi O’zbekiston sud tizimining ishonchliligini, tezkorligini va adolatli sudlovni ta’minlash sezilarli darajada oshirib, mamlakatda ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlamoqda. E-SUD tizimi orqali ariza topshirish, sud qarorlarini onlayn kuzatish, elektron bildirishnomalarni olish imkoniyatlari sud tizimini zamonaviy boshqaruv darajasiga olib chiqmoqda. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o’rganishlar, shuningdek, sud tizmida elektron hujjatlar aylanishida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.
References
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-сон.URL: https://lex.uz/uz/docs/5841063.
2. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlar to’plami, 2004-y., 20-son, 230-modda;Qonunchilik ma’lumotlar milliy bazasi, 21. 04.2021-y., 03/21/683/0375
3. OSCE Secretariat. Requesting Electrinic Evidence Across Borders, Toshkent,4December2024.Available at:https://www.osce.org/secretariat/583204
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022 – 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида” 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони // Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2022 йил, 06/22/60/0082-сон.URL:https://lex.uz/uz/docs/5841063.
5. OSCE. (2021). Digitalization of Justice Systems in Central Asia: Challenges and Opportunities. osce.org (https://www.osce.org/)
6. Гражданский процессуальный кодекс Германии //http://www.gesetze-im-internet.de





