RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI VA KELAJAKDAGI HUQUQIY MUAMMOLAR

Authors

  • Jumabayeva Sabina Jamolovna Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi

Keywords:

Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, hujjatlarni elektronlashtirish, shaxsga doir ma’lumotlar, ma’lumotlar xavfsizligi, kiberjinoyat, kiberxavfsizklik, qonun hujjatlari, kelajakdagi muammolar.

Abstract

     Annotatsiya. Zamonaviy texnologiyalar asrida yashar ekanmiz, har qadamda raqamli innovatsiyalarga duch kelamiz. Ayniqsa, hujjatlarni elektronlashtirish, turli huquqiy ma’lumotlarni tegishli saytlar va platformalarga kiritish taraqqiy etib bormoqda. Hattoki, hozirda muayyan jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan  shaxsga doir ma’lumotlarni ham elektron shaklda qayd qilishning imkoni mavjud. Hozirda deyarli barcha shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari onlayn tarzda qayd etiladi. Albatta, bu jamiyatimiz uchun bir qancha qulayliklarni yaratishi mumkin. Lekin shu bilan birga uning salbiy tomonlarini, ayniqsa, kiberjinoyatchilikning ommalashib ketayotganligini ham inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu sabab hozirda sun’iy intellekt vositalari orqali shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va bu texnologiyalarning  kelajakda tug‘dirishi mumkin bo‘lgan muammolarini bartaraf etish dolzarb mavzuga aylandi. Quyidagi maqola orqali bir qator davlat  va mutasaddi organlarning aynan shu mavzuga oid olib borayotgan siyosati va xavf solishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tilga olinadi. Bilamizki, zamonaviy dunyoda barcha rivojlangan davlatlar singari raqamli texnologiyalardan foydalanish – bu davr talabi. Shunday ekan, yurtimizdagi ish hujjatlarining aynan elektronlashtirish tizimiga o‘tganligi uning katta yutug‘i. Vaholanki, har bir davlat o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi borasida javobgar hisoblanadi. Aynan davlat qonun hujjatlari bilan uni mustahkamlashi darkor. Mazkur maqolada ushbu dolzarb masala borasida joriy etilgan qonun hujjatlari tahlil etilgan va uni yanada rivojlantirish uchun tavsiyalar berilgan. Maqola yakunida esa tahlil etilgan mavzu yuzasidan tegishli xulosalar keltirilib o‘tilgan. 

     

References

REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasi. 2019. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. (https://lex.uz/docs/4459678).

2. O‘zbekiston Respublikasi. 2020. Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. (https://lex.uz/docs/4849844).

3. European Parliament and Council. 2016. General Data Protection Regulation (GDPR). Official Journal of the European Union, L 119/1. (https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2016/679/oj).

4. Government of Canada. 2023. Personal Information Protection and Electronic Documents Act (PIPEDA). Office of the Privacy Commissioner of Canada. (https://www.priv.gc.ca/en/).

5. Government of Finland. 2018. Data Protection Act (1050/2018). Ministry of Justice, Finland. (https://finlex.fi/en/laki/kaannokset/2018/en20181050.pdf).

6. Government of Japan. 2022. Act on the Protection of Personal Information (APPI). Personal Information Protection Commission, Japan. (https://www.ppc.go.jp/en/legal/).

7. LexisNexis. 2017. Privacy and Data Protection in Russia. Retrieved November 6, 2025 (https://www.lexisnexis.com).

-

-

Downloads

Published

2025-12-01