TEXNIKUMLARDA O‘TKIR HOSHIMOV HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISH
Abstract
O‘zbek adabiyoti darslarida o‘quvchining kitobxonlik darajasi, o‘qilgan asarni tushunishning chuqurligi aniqlanadi. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad o‘zbekningruhiyatinianglatishorqalio‘quvchining ma’naviydunyosiniboyitishdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchi o‘zbek abiyotning nazariy asoslari bilan ma’lum darajada tanish bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, nazariy tushunchalarni bilgan o‘quvchi badiiy hodisani tahlil qilganda, asar haqida gapirganda fikrini asosli ifodalay oladi. Ayni vaqtda badiiy asar o‘rganish adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun emas, balki adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish badiiy asarlarni to‘laroq anglash uchun kerakligi hamisha diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ular o‘rganilgan asarning badiiy go‘zalligini ochish uchun kerak. Bu o‘rinda birinchi planda adabiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki adabiy asarlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining ma’naviyatini boyitish turadi. O‘zbek adabiyoti darslarida muayyan asarni o‘rganishda uni yaratgan adib hayotidan shu asarning yaratilishi doir faktlardan foydalanish katta samara beradi.
References
1.Mirziyoyev SH. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi. // Xalq so‘zi, - 2016 yil 16- iyun.
2.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O‘zbekiston, 2000.
3.Adabiy turlar va janrlar. 2 jildlik. 1 jild. Epos. -T.: Fan, 1991.
4.T.Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.-T.,O'zbekiston. 2002-yil.
5.Duysenbayev O. «O‘tkir Hoshimov ijodida ona obrazi” f.f.n.diss. – T: 2011
6.Duysenboyev O. “O‘tkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi”: Adabiyotshunoslik// Til va adabiyot ta’limi, 2007
7.Hamdamov U. Badiiy tafakkur tadriji. –T.: Yangi asr avlodi
8.Imomkarimova M. «O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy qadriyatlar talqini” f.f.n. diss. – T,2004
9.Jumaboyeva J. XX asr o‘zbek she’riyatida psixologik tasvir mahorati. DDA. – Toshkent: 2000
10.Karimova V. Ijtimoiy psixologiya asoslari.-T.,-1994.





