XXI ASR TA’LIMIDA DAHOLIKNI KASHF ETISH VA RIVOJLANTIRISH TALABLARI

Authors

  • Fozilov G`olibjon Nabijonovich Renessans ta’lim universiteti, “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti

Abstract

Mazkur maqolada XXI asr ta’lim tizimida daholikni kashf etish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy talablari tahlil qilinadi. Tadqiqotda daholik fenomeni iste’doddan farqli ravishda yuqori darajadagi ijodiy tafakkur, innovatsion yondashuv va murakkab muammolarni hal etish qobiliyati bilan tavsiflanishi asoslab beriladi. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi misolida iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, STEAM yondashuvi, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib o‘tiladi.

Shuningdek, maqolada neyropsixologik yondashuvlar, kreativlikni rivojlantirish metodlari, tanqidiy fikrlashni shakllantirish hamda interdisiplinar ta’lim muhiti daholikni yuzaga chiqaruvchi asosiy shartlar sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy ta’lim tizimi nafaqat bilim berishga, balki shaxsning intellektual va ijodiy salohiyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.

 

References

1. Usmanova, O. S. (2022). National curriculum and new generation mathematics textbook. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(2), 11-16.

2. Sayitkhonov A. the importance of innovative activities of youth to entrepreneurship //Theoretical. (2021).

3. Learn Japanese through conversation with native speakers. https://hajl.athuman.com/e/lp/option/all/1248|

4. H. D. Lewis (1985). The French Education System. Routledge. p. 58. ISBN 0-7099-1683-3.

5. Ben-David, Joseph and Philip G. Altbach. eds. Centers of Learning: Britain, France, Germany, United States (2nd ed. 2017). 12/03-journal.

Downloads

Published

2026-05-03