QORAQALPOG‘ISTONDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HIMOYASINI TA’MINLASHDA KASABA UYUSHMALARINING ROLI

Authors

  • Matjanbaev Allayar Jangabaevich O`zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali mustaqil tadqiqotchisi Registrator ofis boshlig`i
  • I.Elmuratov Ilmiy rahbar PhD.docent:

Abstract

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarini kafolatlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonida kasaba uyushmalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda kasaba uyushmalari tizimining xotin-qizlar bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, mehnat muhofazasini ta’minlash, sog‘lomlashtirish va moddiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyati statistik va hujjatli materiallar asosida ko‘rib chiqildi. Xususan, 2020–2024-yillarda “Ayollar daftari” tizimi orqali amalga oshirilgan ishlar, ish bilan ta’minlangan va tadbirkorlikka jalb etilgan xotin-qizlar soni, ajratilgan kredit va moddiy yordamlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kasaba uyushmalari xotin-qizlarning nafaqat mehnat huquqlarini himoya qiluvchi, balki ularning ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy mustaqilligi va jamiyatdagi faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim institutsional mexanizm ekanini ko‘rsatadi.

 

References

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashining 2024-yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida axborot. Nukus, 2024.

2. Jalmenov U. Bunda inson qadri mujassam // Ishonch. 2023. №135–142 (4894).

3. Ishonxonova N. Ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanish to‘g‘risida // Globallashuv sharoitida kasaba uyushmalari vazifalari. Kasaba uyushmalari xodimlari va faollari o‘quv-seminarlari hujjatlari. Toshkent, 2009.

4. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashining 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida ma’lumot. Nukus, 2023.

Downloads

Published

2026-10-03