TERGOV JARAYONIDA TEXNIK VA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH NATIJALARINING DALILLAR TIZIMIDAGI O‘RNI
Abstract
Mazkur maqolada jinoyatlarni tergov qilish jarayonida texnik vositalar va raqamli texnologiyalardan foydalanish natijasida olingan ma’lumotlarning jinoyat-protsessual isbotlashdagi huquqiy tabiati tahlil qilinadi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida olingan audio va videoyozuvlar, fotosuratlar, elektron ma’lumotlar hamda boshqa raqamli axborotning dalillar tizimidagi o‘rni, ularning tergov harakati bayonnomasi bilan o‘zaro nisbati va mustaqil daliliy ahamiyatga ega bo‘lishi masalalari tadqiq etiladi. Jinoyat-protsessual qonunchilikda raqamli shaklda olingan axborotni protsessual rasmiylashtirish bilan bog‘liq mavjud yondashuvlar tanqidiy tahlil qilinib, texnik taraqqiyot sharoitida dalillar turlarining yopiq ro‘yxatiga asoslangan tartibga solishning ayrim kamchiliklari ko‘rsatib beriladi. Elektron va raqamli dalillarning huquqiy tabiati yuzasidan shakllangan ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, dalilning protsessual maqomini belgilashda uning texnik formati emas, balki axborotning manbasi, jinoyat ishi uchun ahamiyati, qonunda belgilangan tartibda olinishi, yaxlitligi va tekshirish imkoniyati asosiy mezon bo‘lishi lozimligi asoslantiriladi. Maqola yakunida raqamli texnologiyalar yordamida olingan ma’lumotlarni jinoyat-protsessual isbotlash tizimiga integratsiya qilishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
References
1. Першин А.Н. Осмотр сетевых информационных ресурсов - новый вид следственного действия? // Российский следователь. 2020. № 1. С. 13-16.
2. Бахтеев Д.В., Смахтин Е.В. Криминалистические особенности производства про¬цессуальных действий с цифровыми следами // Российский юридический журнал. 2019. № 6. С. 61-68.
3. Добровлянина О.В. Некоторые аспекты о процессуальном изъятии (копировании) электронных носителей информации // Пермский юридический альманах. 2019. № 2. С.641-649.
4. Основы теории электронных доказательств: монография / Под ред. С.В. Зуева. М.: Юрлитинформ, 2019. С. 311.
5. Овсянников Д.В. Электронное копирование информации в системе средств уго¬ловно-процессуального доказывания // Правопорядок: история, теория, практика. 2014. № 2 (3). С. 131-132.
6. См.: Апостолова Н.Н. Доказывание по уголовным делам с помощью цифровых тех¬нологий // Вестник юридического факультета Южного федерального университета. 2023. № 2. С. 106
7. Российский С.Б., Расулова Н.С. Справочно-вспомогательные средства доказывания в уголовном судопроизводстве // Научный вестник Омской академии МВД России. 2023. № 2. С. 121.
8. Долгаев В.В. Протоколы следственных действий и иные документы как источники доказательств в уголовном судопроизводстве: дис. ... канд. юрид. наук. СПб., 2018. С. 109.
9. Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодекси. Lex.uz: https://lex.uz/docs/-111460





