O‘QUV-PRAGMATIK KONTEKSTDA FILOLOG TALABALARNING PAREMIO-PRAGMATIK KOMPETENSIYASINI PRODUKTIV-ORIENTIRLANGAN YONDASHUV (POA) ASOSIDA SHAKLLANTIRISH MODELI
Abstract
Ushbu tadqiqot filologiya yo‘nalishi talabalarida paremio-pragmatik kompetensiyani - maqol va matallarni kommunikativ kontekstda maqsadga muvofiq, produktiv va diskursiv to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini - rivojlantirish muammosiga bag‘ishlangan. An’anaviy til ta’limida paremiologik birliklarni (PB) yodlash va passiv tanib olish ustuvor bo‘lib, talabalarning real madaniyatlararo muloqotda ulardan nutqiy mahsulot (ingl. output) yaratishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani ilmiy muammo sifatida qo‘yilgan. Tadqiqotning maqsadi Wen Qiufang tomonidan ishlab chiqilgan Produktiv-orientirlangan yondashuv (Production-Oriented Approach - POA) tamoyillari asosida paremio-pragmatik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirishning struktural-metodik modelini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-lingvostilistik, diskursiv va kontent-tahlil, shuningdek, pedagogik-konseptual model va produktiv topshiriqlar majmui ishlab chiqildi. Tadqiqot natijasida POA uslubiy zanjiri (“Safarbarlik → Qulaylik yaratish → Baholash”) va paremiologiyaning kommunikativ-funktsional xususiyatlarini sintez qiluvchi pedagogik model, 6 bosqichli baholash mezonlari tizimi va 6 ta autentik produktiv topshiriq formati yaratildi. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati filologik ta’limda passiv paremiologik bilimlarni faol nutqiy kompetensiyaga aylantirishning nazariy-metodik mexanizmini asoslab berganligida namoyon bo‘ladi.
References
1. Rahmatullayev, Sh. (2010). O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.
2. Yo‘ldoshev, B. (2018). O‘zbek frazeologiyasi va paremiologiyasining dolzarb masalalari. Samarqand: SamDU nashri.
3. Krashen, S. (1985). The Input Hypothesis: Issues and Implications. London: Longman.
4. Mieder, W. (2004). Proverbs: A Handbook. Westport, CT: Greenwood Press.
5. Permyakov, G. L. (1979). From Proverb to Folk-Tale: Notes on the General Theory of Cliche. Moscow: Nauka.
6. Swain, M. (1995). Three functions of output in second language learning. In G. Cook & B. Seidlhofer (Eds.), Principle and Practice in Applied Linguistics (pp. 125–144). Oxford: Oxford University Press.
7. Wen, Q. (2015). Developing the Production-Oriented Approach: Theoretical revision and practical exploration. Foreign Language Teaching and Research, 47(4), 547–558.
8. Wen, Q. (2018). The Production-Oriented Approach: A pedagogical innovation in English language teaching in China. Language Teaching, 51(4), 526–540. https://doi.org/10.1017/S026144481800018X





