ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TEZKOR VAKILNING KORRUPSIYANI OLDINI FAOLIYATI VA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLARI
Abstract
Korrupsiya jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan eng jiddiy ijtimoiy muammolardan biridir. Ushbu maqola korrupsiyaning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘rganadi va ularni samarali amalga oshirishning ahamiyatini ta'kidlaydi. Maqolada davlat boshqaruvidagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaga qarshi qonunlarni kuchaytirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish, huquqiy ta'limni rivojlantirish, va jinoyatlarni aniqlash tizimini takomillashtirish kabi chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va jamoatchilikni faollashtirishning zarurligi ta'kidlanadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi korrupsiyaning oldini olishda samarali amaliyotlarni rivojlantirish va davlat idoralarida adolat va shaffoflikni ta'minlashga ko‘maklashishdir.