DARS JARAYONIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Abstract
Bugungi kunda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otish va ularning tafakkurini rivojlantirish uchun turli metodlardan foydalanilmoqda. Bu borada badiiy adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Badiiy asarlar inson qalbiga yaqin, tushunarli va hayotiy bo‘lgani uchun o‘quvchilarning ongiga chuqur ta’sir qiladi. Har bir fan o‘z mohiyatiga ko‘ra badiiy asarlardan foydalanish orqali darsni boyitishi, jonlantirishi va yanada samarali qilishi mumkin.