SAYLOV JARAYONLARIDAGI INQILOB: BLOKCHEYN VA SUN’IY INTELLEKT SINERGIYASINING SAYLOV JARAYONLARINI DEMOKRATLASHTRISHDAGI ROLI
Abstract
Saylovlari demokratik tizimlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ular orqali davlat hokimiyatining barcha asosiy lavozimlariga vakillar saylanadi. Biroq siyosiy saylovlar paydo bo’lganidan boshlab ko’plab muammolarga duch kela boshlagan va ushbu muammolar hozirgacha o’z dolzarbligini yuqotmay kelmoqda. Xususan, zamonaviy demokratik jarayonlarda shaffoflikning yetishmasligi, ta’sir o‘tkazishlarga beriluvchanlik va saylovlarda ishtirok etish imkoniyatining cheklanganligi kabi bir qator muammolarga duch kelmoqda. Markazlashgan tuzilmalarga asoslangan an’anaviy saylov tizimlari ko‘pincha soxtalashtirish xavfi, fuqarolarning ishonchsizligi va ovoz berishda teng imkoniyatlarni ta’minlashdagi qiyinchiliklari tufayli tanqidga uchramoqda.

