BINAR TASVIRLARDAGI YASSI OB’EKTLAR KONTURLARINING METRIK BELGILARINI AJRATIB OLISH USULI

Authors

  • Samandarov Ilxomjon Rasulovich¹, Miratoyev Zoxidjon Mirvaliyevich ¹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti (O‘zbekiston) ²Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi (O‘zbekiston)

Keywords:

Kalit so‘zlar: binar tasvirlar, metrik belgilar, kontur, lokal maskalar, morfologik filtratsiya, shaklni tanib olish, texnik ko‘ruv.

Abstract

Maqolada binar tasvirlardagi yassi ob’ektlar konturlaridan metrik belgilarni ajratib olishga doir usul taklif etiladi. Ushbu usul tanib olish tizimlarining barqarorligi va informativligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: kontur uzunligi va nuqtalar sonini hisoblash, bazaviy 3×3 maskalar asosida lokal metrik belgilarni ajratish hamda konturga tutash ichki piksellarni ham qamrab oluvchi kengaytirilgan belgi to‘plamini shakllantirish. Morfologik filtratsiya, kontur maskalarini qurish va shablonlarni ajratib olish orqali kontur bo‘ylab yo‘nalish o‘zgarishlari lokal tahlil qilinadi. Eksperimental natijalar taklif etilgan algoritmning shovqin va buzilishlarga nisbatan yuqori barqarorligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Python dasturlash tilida ishlab chiqilgan dasturiy realizatsiya yordamida natijalar Excel formatida qayd etilib, vizual tahlillar amalga oshirildi. Natijalar texnik ko‘ruv, defektoskopiya, metallurgiya va biotibbiy tasvirlarni qayta ishlashda samarali qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi.

 

References

[1] R. C. Gonzalez, R. E. Woods. Digital Image Processing. Prentice Hall, 2018.

[2] Dmitry, S., Sadykov, S., Samandarov, I., Dushatov, N., & Miratoev, Z. (2024). METHOD OF INVESTIGATION OF STABILITY AND INFORMATIVENESS OF BASIC AND DERIVATIVE FEATURES OF ANALYSIS OF MICROSCOPIC AND DEFECTOSCOPIC IMAGES OF CAST IRON MICROSTRUCTURE. Universum: технические науки, 10(11 (128)), 31-39.

[3] Самандаров, И. Р., Маншуров, Ш. Т., Душатов, Н. Т., Миратоев, З. М., & Мустафин, Р. Р. (2023). Обработка изображений в c++ с помощью библиотеки opencv. Universum: технические науки, (5-2 (110)), 19-28.

Downloads

Published

2025-12-01

How to Cite

Samandarov Ilxomjon Rasulovich¹, Miratoyev Zoxidjon Mirvaliyevich. (2025). BINAR TASVIRLARDAGI YASSI OB’EKTLAR KONTURLARINING METRIK BELGILARINI AJRATIB OLISH USULI. ZAMONAVIY TA’LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 3(12), 78–81. Retrieved from http://zamtadqiqot.uz/index.php/zt/article/view/1627