KRIPTOVALYUTALAR VA ULARNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: KELAJAKDAGI HUQUQIY MUAMMOLAR
Abstract
Ushbu ilmiy ishda kriptovalyutalar va ularning huquqiy tartibga solinishi haqida ko'plab ma'lumotlar bayon qilinadi hamda shu bilan birgalikda Prizdentimiz tomonida 2022-yil 27-aprelda "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaror qabul qilingan va 2023-yil 22-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi 3219-IV-son qaror, "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi qonun -- Qonunchilik palatsi tomonidan 2021-yil 5-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 23- aprelda ma'qullangan, shuningdek xalqaro tajriba ( Yaponiya, Xitoy, Germaniya ) qinunlarini, bir qancha shaxlarning ushlarning ushbu mavzu haqidagi maqolalarini ko'rib chiqamiz. Mazkur maqola kriptovalyutalar haqida yaxshi tushunish va ular bilan bog'liq huquqiy masalalarni samarali hal etishda yordam beruvchi asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, kriptovalyutalar ijtimoiy munosabatlarga va moliya sohasiga katta ta'sir o'tkazmoqda. Raqamli aktivlar ( bitcoin, token, binance coin, solona va hakozo) o'rganish va tushunish odamlar uchun juda foydali. Mening fikrimcha, kriptovalyutalar faoliyatini qonuniy asosda insoniyatga tadbiq etilsa, davlat hamda jamiyat hayotida keskin o'zgarish yuz beradi. Sababi, blokcheynda tranzaksiyalar tez va samarali amalga oshiriladi.
References
1. 2022-yil 27-aprelda "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot va kripto- aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaror
2. 2023-yil 22-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi tomonidan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi 3219-IV-son qaror
"Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi qonun -- Qonunchilik palatsi tomonidan 2021-yil 5-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda ma'qullangan
3. "Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini
litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida"gi nizom, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-qvgustda ro'yhatdan o'tgazildi, ro'yhot raqami 3380.

