INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni talab etmoqda. Xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalasi dolzarb bo‘lib, unda barcha o‘quvchilar, jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida muayyan cheklovlari bo‘lgan bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, bulutli texnologiyalar inklyuziv ta’limni tashkil etishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.Bulutli texnologiyalar ta’lim jarayonini moslashuvchan, ochiq va qulay qilish orqali o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish imkonini beradi. Ayniqsa, inklyuziv ta’limda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, imkoniyatlari va ehtiyojlari turlicha bo‘lishi sababli, bunday texnologiyalardan foydalanish pedagogik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.

