O‘ZBEKISTONDA BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASHDA TA’LIMNING O‘RNI
Abstract
Ushbu tezisda bag‘rikenglikni ta’minlash jarayonida ta’limning davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim inson shaxsini har tomonlama yuksaltiruvchi asosiy omil bo‘lib, u nafaqat bilim berish, balki ma’naviy-axloqiy tarbiyani ham amalga oshiradi. Ta’lim jarayonida yosh avlodga inson huquqlari, erkinlik, tenglik, o‘zaro hurmat va adolat kabi tushunchalar singdiriladi.

