QURILISH ELEMENTLARINING XARAKTERLI KONSTRUKTIV TUZILISHI VA ISSIQ IQLIMLI CHO‘L XUDUDLARIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: konstruktiv tuzilish, issiq iqlim, cho‘l hududlari, energiya samaradorligi, devor tizimi, mikroiqlim, qurilish elementlari.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada qurilish elementlarining xarakterli konstruktiv tuzilishi hamda ularni issiq iqlimli cho‘l hududlarida qo‘llash tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bino va inshootlarning asosiy konstruktiv elementlari — poydevor, devor, yopma, karkas tizimi va tom konstruksiyalarining ichki tuzilishi, ularning yuk ko‘tarish va issiqlik-texnik xususiyatlari o‘rganilgan. Ayniqsa, issiq va quruq iqlim sharoitlarida binolarning mikroiqlimini barqaror saqlash, quyosh radiatsiyasidan himoyalanish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan konstruktiv yechimlar tahlil qilingan.
Maqolada ko‘p qatlamli devor tizimlari, yuqori issiqlik sig‘imiga ega materiallar, tabiiy shamollatish imkoniyatlari hamda soyabon va fasad himoya elementlarining qo‘llanilishi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, konstruktiv tizimlarning (karkasli, karkassiz va aralash) issiq iqlim sharoitiga moslashuv darajasi solishtirma tahlil asosida baholanadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, issiq cho‘l hududlarida qurilish elementlarining to‘g‘ri konstruktiv tuzilishini tanlash binoning energiya sarfini kamaytiradi, ichki haroratni barqarorlashtiradi hamda ekspluatatsion qulaylikni oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy energiya tejamkor va ekologik barqaror qurilish texnologiyalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Qurilish konstruksiyalari asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. – 320 b.
2. Temirbeton konstruksiyalar nazariyasi. – Moskva: Stroyizdat, 2019. – 450 b.
3. Issiq iqlim sharoitida arxitektura va qurilish yechimlari. – Toshkent: Fan, 2021. – 210 b.
4. Chudley R., Greeno R. Building Construction Handbook. – London: Routledge, 2018. – 900 p.
5. Williams A. Structural Design: A Practical Guide for Architects. – New York: Wiley, 2020. – 520 p.
6. Bergman D. Sustainable Building Design. – Berlin: Springer, 2022. – 300 p.
7. N.J.Tuychiyev. Bino va inshoatlar konstruksiyalari. Darslik. «Voris nashriyot» M CHJ Toshkent — 2010

