QATTIQ BUG‘DOY NAMUNALARINI DALA SHAROITIDA SOVUQQA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH

Authors

  • M.Choriyev Guliston davlat universiteti. Don va dukkakli ekinlar ITI, Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi
  • J.Djabbarov Guliston davlat universiteti. Don va dukkakli ekinlar ITI, Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi

Keywords:

Kalit so‘zlar: qattiq bug‘doy, Triticum durum, sovuqqa chidamlilik, qishlash qobiliyati, unuvchanlik, seleksiya liniyalari, dala tajribasi, nihollar saqlanishi, genotip, seleksiya.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda qattiq bug‘doy (Triticum durum Desf.) ning Makuz navi va 10 ta seleksiya liniyasining sovuqqa chidamliligi dala sharoitida baholandi. Sovuqqa chidamlilik urug‘larning unuvchanligi hamda qishlashdan keyin saqlanib qolgan nihollar soni asosida aniqlandi. Tadqiqot natijalari genotiplar o‘rtasida unuvchanlik va qishlash qobiliyati bo‘yicha sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Eng yuqori unuvchanlik Makuz navida kuzatilib, 97,0 % ni tashkil etdi. Qishlashdan keyingi eng yuqori saqlanish darajasi esa KGU-561 liniyasida qayd etilib, 97,2 % ga teng bo‘ldi. O‘rtacha unuvchanlik 87,5 %, qishlashdan keyingi o‘rtacha saqlanish darajasi esa 90,8 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar KGU-561 liniyasining past harorat sharoitlariga yuqori darajada moslashganligini hamda sovuqqa chidamlilik bo‘yicha istiqbolli seleksiya materiali ekanligini ko‘rsatdi. Makuz navi esa yuqori unuvchanlik va yaxshi qishlash ko‘rsatkichlari bilan standart nav sifatida o‘z ustunligini namoyon etdi.

 

References

1. Maccaferri M., Harris N.S., Twardziok S.O. et al. Durum wheat genome highlights past domestication signatures and future improvement targets. Nature Genetics. 2019. Vol. 51(5). P. 885–895.

2. Blum A. Plant Breeding for Water-Limited Environments. New York: Springer, 2018. 258 p.

3. Fowler D.B., Limin A.E. Interactions among factors regulating phenological development and acclimation rate determine low-temperature tolerance in wheat. Annals of Botany. 2004. Vol. 94(5). P. 717–724.

4. Virdis A., Marras G., Fois S. et al. Physiological and biochemical responses of durum wheat genotypes to low-temperature stress. Journal of Agronomy and Crop Science. 2020. Vol. 206(4). P. 470–481.

Downloads

Published

2026-06-15

How to Cite

M.Choriyev, & J.Djabbarov. (2026). QATTIQ BUG‘DOY NAMUNALARINI DALA SHAROITIDA SOVUQQA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH. ZAMONAVIY TA’LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 4(6), 96–97. Retrieved from http://zamtadqiqot.uz/index.php/zt/article/view/2038