MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOVNING TURKISTONDA TA’LIM ISLOHOTLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakatining ta’lim tizimini yangilashdagi tarixiy-pedagogik ahamiyati Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvar qori Abdurashidxonov faoliyati misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda jadid ma’rifatparvarlarining yangi usul maktablarini tashkil etish, milliy darsliklar yaratish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, dunyoviy fanlarni ta’lim jarayoniga kiritish hamda xalq orasida ilm-ma’rifatni targ‘ib etish borasidagi faoliyati tarixiy-qiyosiy va manbashunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Behbudiyning Samarqand ma’rifiy muhitida amalga oshirgan tashabbuslari va Munavvar qorining Toshkentdagi maktabchilik hamda ta’limni tashkiliy rivojlantirish tajribasi o‘rtasidagi mushtaraklik va o‘ziga xos xususiyatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijasida mazkur ma’rifatparvarlarning faoliyati Turkistonda ta’lim mazmunini yangilash, milliy pedagogik tafakkurni rivojlantirish va zamonaviy maktab tizimining shakllanishi uchun muhim tarixiy asos yaratgani ko‘rsatib beriladi.
References
1. Behbudiy, M. (2006). Tanlangan asarlar. Nashrga tayyorlovchi B. Qosimov. Toshkent: Ma’naviyat.
2. Behbudiy, M. (2018). Tanlangan asarlar. 1–2-jildlar. Toshkent: Akademnashr.
3. Abdurashidxonov, M. (2003). Tanlangan asarlar. Toshkent: Ma’naviyat.
4. Qosimov, B. (2002). Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fidoyilik. Toshkent: Ma’naviyat.
5. Yaxshilikov, J., Ubaydullayeva, N. (2004). Jadidchilik va Behbudiy. Toshkent: Fan.
6. Baldauf, I. (2001). XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgilar. Toshkent: Ma’naviyat.
7. Jamolova, D. (2026). Mahmudxo‘ja Behbudiy. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Uzbek Academy ilmiy-ma’rifiy platformasi. uzbekacademy.uz
8. Jamolova, D. (2026). Munavvarqori Abdurashidxonov. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Uzbek Academy ilmiy-ma’rifiy platformasi. uzbekacademy.uz
9. Mirzoyeva, N., Abdisamatov, O. (2025). Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi, jadid maktablarining g‘oyaviy asoslari va ta’limdagi modernizatsiya yo‘nalishlari. Maktabgacha va maktab ta’limi. doi.org
10. Behbudiy, M. (1904). Risolai asbobi savod. O‘quv qo‘llanma.
11. Abdurashidxonov, M. (1907). Adibi avval. Toshkent.

