NOGIRONLIKKA OID INKLYUZIV KOMMUNIKATSIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SEMINAR-TRENINGLARNING SAMARADORLIGI
Abstract
Annotatsiya
Mazkur tezisda nogironlikka oid inklyuziv kommunikatsiya madaniyatini shakllantirishda seminar-treninglarning o‘rni va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqot magistrlik dissertatsiyasi doirasida pedagoglar, ish beruvchilar, Ombudsman instituti va fuqarolik jamiyati vakillari bilan olib borilgan mashg‘ulotlar, dastlabki va yakuniy so‘rovlar, guruhiy muhokamalar, esse-topshiriqlar hamda kuzatuvlarga tayanadi. Treninglar jarayonida nogironlikni faqat tibbiy yoki xayriya nuqtai nazaridan tushunishdan inson huquqlari, teng ishtirok va muhitdagi to‘siqlarga asoslangan yondashuvga o‘tish imkoniyatlari o‘rganilgan. Ayrim auditoriyalardagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda o‘qitish vaqtining cheklanganligi, yakuniy anketalarning to‘liq to‘ldirilmagani va qarashlarning bir xil tezlikda o‘zgarmagani kabi cheklovlar ham ko‘rsatiladi. Olingan natijalar jurnalistlar uchun interaktiv o‘quv modullarini ishlab chiqish yuzasidan amaliy takliflar berishga asos bo‘ladi.
References
[1] Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. – Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr.
[2] Barnes C. Disabling Imagery and the Media: An Exploration of the Principles for Media Representations of Disabled People. – Halifax: Ryburn Publishing, 1992.
[3] United Nations Office at Geneva. Disability-Inclusive Language Guidelines. – Geneva, 2024.
[4] World Health Organization, World Bank. World Report on Disability. – Geneva: WHO, 2011.
[5] World Health Organization. Towards a Common Language for Functioning, Disability and Health: ICF. – Geneva: WHO, 2002.
[6] Ellis K., Goggin G., Haller B., Curtis R. (eds.). The Routledge Companion to Disability and Media. – New York: Routledge, 2020.

