TURLI TIZIMLARDAGI TILLARDA SUBORDINATORLAR TIPOLOGIYASI
Abstract
Qo‘shma gaplar ko‘p tillarga xos universal sintaktik sath birliklari bo‘lib, ular jamiyatda shaxslar o‘rtasida aloqa uchun xizmat qiladigan, o‘zida ob’yektiv borliqdagi murakkab munosabatlar, voqealarni aks ettirgan axborotni tashuvchi muhim birliklar hisoblanadilar.
Ular har bir tilning sintaktik qurilishi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos shaklga, formal ifoda vositalariga ega bo‘ladilar. Ularning tarkibi hech bo‘lmaganda ikkita predikativ markazdan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida ergashish munosabati turli vositalar orqali amalga oshadi. Predikativ markazlar, ularni tashkil etuvchi birliklar, ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar jamuljam holda yagona kommunikativ-pragmatik maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.