XAVFSIZ TURIZMNI TA’MINLASH SOHASIDA ICHKI ISHLAR VA MILLIY GVARDIYA ORGAN XODIMLARILARINING HAMKORLIGI
Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida Milliy gvardiya va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari tahlil qilinadi. Turizm sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan choralar, davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari va huquqiy asoslari tadqiq qilinadi. Shuningdek, xavfsiz turizmni ta’minlashda samarali hamkorlikning ahamiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar: xavfsiz turizm, Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, davlat organlari, hamkorlik, huquqiy asoslar.