BANKLARDA AKTIVLAR SIFATINI TASNIFLASH
Abstract
Hozirgi vaqtda likvidlikni saqlash bank sektorining ob’ektiv zarurati hisoblanadi. Aytish joizki, uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyoj ayniqsa katta. Muammo shundaki, depozitlar, banklararo kreditlar va boshqa klassik moliyalashtirish manbalari cheklangan, bu esa moliyaviy resurslarni jalb qilish sohasida yangi usullarni ishlab chiqish yoki xalqaro tajribadan foydalanishni taqozo etadi. Belgilangan qoidalarga ko‘ra, bank likvidligini saqlab qolish imkonini beradigan va amaliyotda taqsimlash uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan usullardan biri bank aktivlarini sekyuritizatsiya qilishdir.