O’SMIRLIK DAVRINING O’ZIGA XOS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARDAGI QO’RQUV HOLATLARINING KELIB CHIQISH SABABLARINI BARTARAF QILISH
Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrining psixologik jihatdan murakkab va mas’uliyatli bosqich ekani, bu davrda shaxsiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda turli ijtimoiy-psixologik muammolar, xususan, ijtimoiy qo‘rquv holatlarining yuzaga kelishi haqida atroflicha so‘z yuritilgan. Maqolada ijtimoiy qo‘rquvning kelib chiqish sabablari, ularning o‘smirning psixologik holatiga, shaxsiy rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, bu muammoning oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar, ayniqsa, maktab psixologlari hamda ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni va mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘smirlar bilan individual va guruhiy suhbatlar, psixologik treninglar, emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hamda sog‘lom oilaviy muhit yaratish orqali ijtimoiy qo‘rquv holatlarini kamaytirish mumkinligi qayd etilgan.
References
1. Kаrimоvа V.M. “Ijtimоiy psiхоlоgiya аsоslаri”. Toshkent 1994.
2. G‘oziev E.G‘. “Ontogenez psixologiyasi”. Toshkent 2012.
3. hozir.org