XUFYONA IQTISODIYOT
Abstract
Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiyiqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar XX asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
References
Мирзиёев Ш.М.Танқидий таҳлил, қатъий тартибинтизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак: Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз: Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи.//Халқ сўзи, 2016 йил 15 декабрь.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2017 йил 22 декабр.//Халқ сўзи, 2017йил 23декабр.
Мирзиёев Ш.М. Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир // Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси// Халқ сўзи, 2018 йил 8 декабрь
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. //Xalq so‘zi, 2018yil 29dekabr. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar. //Xalq so‘zi, 2020yil 25 yanvar.