CHET EL YURIDIK SHAXSLARINING XALQARO XUSUSIYATLARI (GAGA KONVENSIYASI)
Abstract
Ushbu maqolada yuridik shaxslarning xalqaro miqyosdagi huquqiy maqomi, ayniqsa, chet elda tashkil etilgan kompaniya va tashkilotlarning boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi muammosi yoritilgan. Asosiy e’tibor 1956-yil 1-iyun kuni Gaa shahrida imzolangan “Chet el yuridik shaxslarining huquqiy maqomini tan olish to‘g‘risidagi Konvensiya”ga qaratilgan. Konvensiyada yuridik shaxs qayerda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u yerning qonunchiligiga asoslangan “inkorporatsiya” tamoyili asos qilib olingan. Garchi Konvensiya kuchga kirmagan bo‘lsa-da, uning tamoyillari xalqaro huquq amaliyotida qo‘llanmoqda. Maqolada turli davlatlarning (Germaniya, Angliya, Kanada, Braziliya, Hindiston, Singapur va boshqalar) bu boradagi yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va transmilliy kompaniyalar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishda Konvensiyaning dolzarbligi ta’kidlangan.
References
1. Gaaga Konvensiyasi (1956). “Chet el yuridik shaxslarining huquqiy maqomini tan olish to‘g‘risidagi Konvensiya”. Gaa shahrida imzolangan.
2. UNCITRAL. (2023). International Trade Law. United Nations Commission on International Trade Law.
3. Xalqaro Huquq Asoslari. (2020). 3-jild. Toshkent: O‘zbekiston Yuridik Akademiyasi.
4. Yuridik Shaxslar va Ularning Xalqaro Faoliyati. (2019). Xalqaro tijorat va iqtisodiy huquq jurnali.
5. Transmilliy Kompaniyalar va Xalqaro Huquq. (2018). Jurnalda chiqilgan maqola. Germaniya, Angliya, Kanada va Braziliyadagi Xorijiy Kompaniyalar. (2021).
6. biznes va huquq bo‘yicha tahliliy hisobot.