BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING OʻSIMLIKLAR OLAMIDAN OLINADIGAN MA’LUMOTLARNI IDROK QILISH IMKONIYATLARI
Abstract
Maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tabiiy fanlarni oʻqitish davrida bolalarning tasavvurlari va “ijodiy fikrlash” koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarni oʻrganilgan. Buning uchun oʻsimliklarning xilma-xilligiga aloqador mavzular qaralgan. Bu mavzu bir tomondan oʻquvchilarga juda tanish boʻlsa, ikkinchi tomondan ularga tabiatni sevish va uni muhofaza qilishni oʻrgatadi. Yonlaridagi jonli tabiat bilan hamjihatlikda yashash va ularning hayot uchun muhimligini anglashga, tabiat goʻzalligidan zavqlanishga oʻrgatadi. Oʻsimliklarning rivojlanishi, inson uchun foydali tomonlarini, ularni asrash muhimligini anglatadi. Oʻsimliklarni oʻrganish oʻquvchilarga tasavvurlarini va demak “ijodiy fikrlash” koʻnikmalarining rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan verbal ma’lumotlarni vizuallashtirishning va idrok qilishning sermahsul vositasi “Intellekt xarita” (Mind Map) lardan foydalanish oʻquvchilar tasavvurlarining rivojlanishiga va ijodiy fikrlash usullarini oʻzlashtirishlariga yordam berishi isbotlangan. Jumladan, “Sezgi kanallari” intellect xaritasi keltirilgan.
References
Xalilova F.M. Tabiatshunoslik darslarida oʻquvchilar tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirish. Scientific progress vol.2. ISSUE 6. 2021.
Pirmatova M.T., Begmatova E.E. Tabiiy fanlarni oʻqitishda innovatsion metodlardan foydalanish. “Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar. Nazariy va amaliy izlanishlar” nomli masofaviy konferensiya.
Sayfullayev G.M., Alimova L. Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni oʻtishda amaliy ishlarni tashkil qilish. Scientific progress vol.2. ISSUE 6. 2021.
Ibroximova M.M. Oʻzbekiston ta’lim tizimidagi islohotlarda tabiiy fanlar masalasi. Scientific progress vol.4. ISSUE 2. 2023.
Akzamov V.B., Jumashev Q.V. Bolalar atrof-olam va tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati.
Boboqulova N.N. Tabiiy fanlarning rivojlanishi va bugungi Science fanining ta’limdagi oʻrni. www.oriens.uz 3 (4/2), Aprel 2023.
Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. 1997 г.
Gʻaniyev A.G. 10-11-sinf va akademik litsey oʻquvchilarida “toʻla fikrlash” koʻnikmalarini rivojlantirish metodikasini rivojlantirish. Monografiya. Qarshi. “Fan va ta’lim” nashriyoti. 2021.