NURIDDIN MUHAMMAD JAHONGIRSHOH VA MALIKA NURJAHONBEGIMLARNING ADABIY KECHALARI TARIXI
Abstract
Boburiy Jahongirshoh nomi bilan mashhur bo‘lgan Shoh Salim ham tariqat namoyandasi - shayx, ham shoir, ham mutafakkir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “yoshi yigirma yettiga to‘lganda o‘sha davrning mashhur avliyo va shayxlarining Allohga qilgan iltijo va duolaridan so‘nggina 1569 yilda Akbarshoh o‘g‘il farzand ko‘rdi. Unga Allohdan o‘g‘il farzand tilab bergan ajmerlik shayx Salim Cheshtiydan minnatdorlik belgisi sifatida tilab olingan shahzodaga Muhammad Salim deb ism qo‘ydilar. Podshoh otasi uni ba’zan erkalatib, “Shayx Bobo” deb ham atardi”.[1] Mutribiy “Tazkirat ush-shuaro”da Jaloliddin Muhammad Akbarshohning farzandi “ulug‘ nomli shahriyor Shayxu podshoh” haqida shunday yozgan: “Nihoyatda oliyhimmat podshoh bo‘lib, fazl ahliga juda yaxshi rioyat va tarbiyatlar ko‘rguzardi. Jannat oyin-qoidali majlisi doimo olim va solih odamlarga to‘la bo‘lardi.
[1] Satimov G‘. Boburiyzodalar. T.: Sharq NMAK BT, 2016.-B.46.
References
Satimov G‘. Boburiyzodalar. T.: Sharq NMAK BT, 2016.-B.46.
Mutribiy Samarqandiy. Tazkirat ush-shuaro. T.: Mumtoz so‘z, 2013. –B.312-313.
Ahmad Muhammad Tursun. Dunyoni tebratgan yetti buyuk. T.: Azon kitoblari, 2021.-B.489.
Qorayev Sh. Podshohlar shayxi yoki shayxlar podshohi. //-Qarshi, Sanduvoch, 2024 yil 25 yanvar.-№01 (502). -B.4.
Qorayev Sh. Bobur va Boburiy ijodkorlar tarixi.//International journal of scientific researchers. Impakt Faktor. 7.293. https:// worldyjournals. com/ index. php/ IJSR/ article/view/3286. –Toshkent, Vol.5, No. 2 (2024).-P.763-814.
Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. T.: “Sharq” NMAK BT, 2014.-B. 243.