VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Authors

  • Т.S.Achilov (Chirchiq sh.) Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Abstract

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy tamoyillaridan biri oʻz mamlakati tarixi va madaniyatiga hurmat tuygʻusini singdirishdir. Jismoniy faollik doirasida bunga milliy ramzlar elementlaridan iborat sport tadbirlarini tashkil etish, an’anaviy milliy sport turlaridan foydalanish mumkin. Yana bir muhim jihat – oʻz Vatani, uning kelajagi uchun mas’uliyat hissini shakllantirishdir. Jismoniy faoliyat doirasida bunga atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻliq va xavfsizlik bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, muhtoj fuqarolarga yordam berish bilan bogʻliq koʻngillilar dasturlarida ishtirok etish orqali erishish mumkin. Vaholanki, yuqori sinf oʻquvchilarini jismoniy tarbiya jarayonida  vatanparvarlik tuyyg’usini samarali qaror toptirish uchun oʻqituvchi va murabbiylar tomonidan tizimli va keng qamrovli ish olib borish zarur. Bunda har bir oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish, uning shaxsiy fazilatlarini, jumladan, yetakchilik va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, ularda Vatan, milliy gʻurur haqidagi ijobiy tasavvurini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

References

Кошбахтиев И.А., Керимов Ф.А., Ахматов М.С., Валеология асослари. Ўқув қўлланма. -Т.: Ўз.ДЖТ инст.нашриёти – матбаа бўлими, 2005. - 46 б.

Ханкелдиев Ш.Х., Джалолов Ш.В. Формирование здорового образа жизни студентов средствами физической културы // “Жисмоний маданият ва спорт соhаси кадрларини таёрлаш жараёнини такомиллаштириш” мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман материаллари. Фарғона: 2015. - 148-149 б.

Хоlmаtоvа M. Sоg’lоm аvlоd tаrbiyasining ijtimоiy fаlsаfiy muаmmоlаri. // Mustаqil O’zbеkistоn: fаlsаfа fаnlаrining dоlzаrb muаmmоlаri. - T.: 2000. 3-8 b.

Downloads

Published

2023-09-15

How to Cite

Т.S.Achilov (Chirchiq sh.) Chirchiq davlat pedagogika universiteti. (2023). VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING ASOSIY TAMOYILLARI. ZAMONAVIY TA’LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 1(1), 10–12. Retrieved from http://zamtadqiqot.uz/index.php/zt/article/view/658