O‘ZBEKISTONDA QADRIYATLARNING O‘ZGARIB BORISH SHAROITIDA YOSH OILALARNING MUSTAHKAMLIGINI TA’MINLASH KELAJAGI
Abstract
Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar mamlakati sifatida dunyoga namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyoda demografik kapitalning ahamiyati tobora oshib borayotgan globallashuv davrida aholi tarkibidagi yoshlarning ulushi ko‘pchilikni tashkil etishi mazkur mamlakatning yaqin kelajakdagi potensial istiqbolidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 36 million nafardan ortiq umumiy aholimizning 19,2 million nafari yoki 53 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi[1]. Bu ko‘rsatkich mamlakatning asosiy resursi hisoblanuvchi inson kapitalining istiqboliga ishora qiladi. Chunki aynan yoshlar bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti, ertangi kelajagi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rnini belgilab beruvchi omil, mamlakatning bebaho boyligi hamda asosiy resursi hisoblanadi.
[1] Aholining yosh tarkibi bo’yicha taqsimlanishi – Jami // https://api.stat.uz/api/v1.0/data/aholining-yosh-tarkibi-boyicha-taqsimlanishi?lang=uz&format=pdf
References
1. Aholining yosh tarkibi bo’yicha taqsimlanishi – Jami // https://api.stat.uz/api/v1.0/data/aholining-yosh-tarkibi-boyicha-taqsimlanishi?lang=uz&format=pdf
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-sonli “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori // https://www.lex.uz/uz/docs/-3797625
3. Действие социальное // Современная западная социология: Словарь. – М.: Политиздат, 1990. – Ст. 79.
4. Парсонс Т. Функциональная теория изменения. О структуре социального действия //Электронная библиотека РГИУ. – М.: Американская социологичекая мысль, 2000. http://www.iu.ru/biblio/archive/parsons_o_strukture/11